1,4 mlrd soʻmlik davlat xaridlarida qonunbuzilishi aniqlandi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻtkazgan oʻrganishlar davomida bir qator davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

    Jami 1,4 mlrd soʻmlik uchta loyiha boʻyicha “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilgani qayd etilgan.

    Jumladan:

    • Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya tibbiyot markazi 832 mln soʻmlik “Mirasol” bir martalik toʻplamlarini sotib olish jarayonida — raqobatga zid holatlar kuzatilgan.
    • Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” tomonidan 298 mln soʻmlik ekoturizm maskani master-rejasini ishlab chiqish tenderida xolislik buzilgan.
    • Oliy sud huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boʻlimi 253,5 mln soʻmlik sud binosi uchun muzey jihozlari xaridini oʻtkazishda qonun talablarini buzgan.

    Agentlik taqdimnomalari asosida xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilindi va noqonuniy tenderlarning amalga oshishiga yoʻl qoʻyilmadi.

    Oʻrganish materiallari tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.