Qarorga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan quyidagi jadvalda koʻrsatilgan va soliqlarni undirish koʻrsatkichi past boʻlgan tumanlarda “Mahalla byudjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.
Mazkur tumanlarda mol-mulk va yer soligʻi (noturar joylar boʻyicha mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) boʻyicha undirilgan mablagʻlarning 10 foizi hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tuman byudjetlari orqali tegishli Jamgʻarmalarga yoʻnaltiriladi.
2023-yil 1-martgacha mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan, toʻlangan mablagʻlar va soliq qarzdorliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan mahallalar real vaqt rejimida foydalanishi imkoniyati yaratiladi.
“Mahalla byudjeti” tizimi asosida shakllantirilgan mablagʻlar “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunda (https://lex.uz/docs/2156899) nazarda tutilgan fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan boshqariladi.