Bugun Oʻzbekiston hududi boʻyicha nisbatan salqin havo massasi taʼsiri saqlanib turadi. Kunduz kungi havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.

11-13-yanvar kunlari respublika hududlari boʻyicha asosan quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat 13-yanvarda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir, baland togʻli hududlarda qor yogʻadi.

Respublika hududidan sovuq havo massasi asta-sekin chekinadi va hafta oʻrtasiga kelib, havo harorati kechalari 3-6° iliqqacha, kunduz kunlari 9-12° iliqqacha koʻtariladi.

14-yanvarda Oʻzbekston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nisbatan nam, ammo iliq havo massasi kirib keladi. Respublikaning katta qismida yomgʻir yogʻadi, shimoliy hududlarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim tumanlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati yana 2-4° ga koʻtariladi va qish faslining oʻrtasi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan 3-5° ga yuqori boʻladi.

Respublikaning ayrim hududlarida baʼzi joylarda tuman kuzatiladi.