Bu haqda “Turmush.kz” xabar berdi.
Prezident Sadir Japarovning Oʻsh viloyatidagi vakolatli vakili Elchibek Jantayevning soʻzlariga koʻra, rekonstruksiya ishlari doirasida “Qorasuv” nazorat-oʻtkazish punktigacha boʻlgan yoʻllar kengaytirilgan. Bugungi kunda nazorat punkti ochilishga tayyor. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari ushbu punkt orqali davlat chegarasini kesib oʻtadi.
Shuningdek Elchibek Jantayev boshchiligidagi delegatsiya Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi “Intimak” nazorat-oʻtkazish punkti yaqinidagi tiklanayotgan koʻprikni koʻzdan kechirdi.
Maʼlumot uchun: “Qorasuv” nazorat-oʻtkazish punkti 14-yil oldin, “Intimak” nazorat-oʻtkazish punkti esa 2004-yildan buyon yopilgan edi.