1426 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallab olingan

    Agrosektor 27 Avgust 2020 2344

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 3955 ta holatda 23 ming 654 gektar maydonda yer qonunbuzilishlari aniqlangan.

    Agroinspeksiya tomonidan oʻtgan 7 oy hisobot davrida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat qilish borasida:

    davlat boshqaruv organlarida 134 ta (19020 ga),

    klasterlarda 13 ta (16882 ga),

    fermer xoʻjaliklarida 2199 ta (61311 ga),

    jismoniy shaxslarda 1855 ta (1534 ga), va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarida 225 ta (9279 ga) jami boʻlib, 4426 ta holatda (108026 ga) tekshirish va monitoring nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 3955 ta holatda 23 ming 654 gektar maydonda yer qonunbuzilishlari aniqlangan. Jumladan,

    - 1174 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 1426 gektar yer maydonlari oʻzboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy uy-joy va boshqa qurilishlar qurib olish;

    - 2474 ta holatda 15574 gektar yerlardan belgilangandan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish;

    -17 ta holatda 183 gektar tuman hokimliklari tomonidan yer berish tartibini buzish;

    -55 ta holatda 68,8 gektar foydalanilgan yerlarni oʻz vaqtida qaytarmasdan foydalanish;

    -234 ta holatda 6401,1 gektar xoʻjalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqish va davlat yer kadastri maʼlumotlarini buzib koʻrsatish holatlari aniqlangan.

    Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha Davlat boshqaruv organlari, jismoniy va yuridik shaxslarga 1564 ta ogohlantirish xatlari, 34 ta koʻrsatma, 276 ta taqdimnomalar kiritilgan.

    Shuningdek 1443 ta holatda 500,5 mln soʻmlik maʼmuriy jarimalar qoʻllanilib, shundan 1260 ta holat boʻyicha 459,8 mln soʻmlik jarimalar undirildi, 18 holatda 6,7 mln soʻmlik jarimalar majburiy ijroga qaratilgan.

    Bundan tashqari 1937 ta qonunbuzilish holatlari yuzasidan hujjatlar koʻrib chiqish uchun sudlarga, 179 ta holatda huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

    Bu borada “Oʻzagroinspeksiya” tomonidan muntazam ravishda tizimli monitoring ishlari olib borilmoqda.

    “Oʻzagroinspeksiya”ning Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish boʻlimi