Bu borada Kadastr agentligining “Oʻzdaverloyiha” instituti tomonidan 10-noyabr holatiga Respublikamiz boʻyicha 143 ta tumanlarning maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash loyiha ishlari yakunlandi.
Ish qanday tashkil etildi?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-son qarori talablari asosida tumanlarning maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash boʻyicha,
- “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga amaliy yordam koʻrsatuvchi, shuningdek, maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralari masalarini koʻrib chiquvchi Ishchi guruh tuzish toʻgʻrisidagi tumanlar hokimlarining farmoyishlari qabul qilindi.
- Institut mutaxassislari tuman ishchi guruhi bilan birgalikda tumanlarning maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash yuzasidan joyida dala-kuzatuv ishlari amalga oshirildi.
- Tumanlar chegaralarini belgilashda chegara chiziqlarini koʻchmas obyektlar bilan oʻtkazish choralari belgilandi va tumanlar oʻrtasida almashadigan uchastkalar boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
- Toʻplangan barcha hujjatlar xalq deputatlari tuman Kengashlariga koʻrib chiqish uchun kiritildi va deputatlar muhokamasidan keyin xalq deputatlari tuman Kengashlarining qarorlari qabul qilindi.
Bugungi kunda xalq deputatlari tumanlar Kengashlarining qarorlari tuman hokimlarining iltimosnomalari asosida koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari viloyat Kengashlariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga taqdim etilgan.