148 nafar xodim koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

    Poytaxtimizdagi Oʻzbekiston milliy akademik drama teatrida uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

    Mana, bir necha yildirki, mamlakatimizda 18-aprel — “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda. Poytaxtimizdagi Oʻzbekiston milliy akademik drama teatrida tashkil etilgan bu yilgi tadbir ham tantanali tus oldi.

    Bayram tadbirini uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sherzod Hidoyatov tabrik soʻzi bilan ochar ekan, mazkur soha aholi kayfiyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladigan oʻta masʼuliyatli sohalardan biri ekanligini taʼkidladi.

    Tadbirda soha rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan vazirlik va uning tizim tashkilotlaridagi 148 nafar xodim “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

    Bayram tadbirida Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri ijodiy jamoasining chiqishlari namoyish etildi.