3D-printer patentini birinchi bo‘lib AQSHlik ixtirochi-muhandis Charlz Xall 1985 yilda qo‘lga kiritgan, ammo unga qadar bir nechta olim va ixtirochilar "stereolitografik qurilma" uchun patent olishga urinishgan.

Charlz Xall hozirgi kundagi 3D-printerlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turuvchi "3D Systems Corporation" kompaniyasiga asos solgan.

Kompaniya tomonidan birinchi "3D Systems SLA-1" nomli 3D-printer aynan 15 aprel kuni sotuvga chiqarilgan.

Hozirgi kunda 3D-printerlar  qurilish, elektronika, avtosanoat, kosmonavtika, tibbiyot va marketing-reklama sohalarida keng qo‘llanilib, turli mahsulotlarni ishlab chiqarishda vaqtni sezilarli darajada tejashga xizmat qilmoqda.