Soat 6-00 dan eʼtiboran, Toshkent metropolitenining “Oʻzbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi.
Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir qatnovni yakunlagandan soʻng toʻliq dezinfeksiyadan oʻtkaziladi.
Sanitariya talablari doirasida yoʻlovchilarning metro stansiyalari va poyezd vagonlari ichida tibbiy niqobda boʻlishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yoʻlovchilar metro stansiyalariga kiritilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent metropolitenining “Yunusobod” liniyasida yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro liniyasining Doʻstlik – Qoʻyliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.