Ushbu mavsum doirasida fuqarolar tomonidan ilgari suriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida respublika bo'ylab qariyb 900 milliard so'mdan ortiq mablag' yo'naltirilishi kutilmoqda.
Endilikda Tashabbusli byudjet jarayonlarining har bir bosqichi 20 kundan — jami 60 kun davom etishi belgilandi. Shunga ko'ra, “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-mavsumi:
1-bosqich — takliflarni ilgari surish – 15-iyuldan – 3-avgustgacha (Qoraqalpog'iston Respublikasida – 15-avgustdan – 4-sentyabrgacha);
2-bosqich — loyihalarni saralab olish – 4-avgustdan – 23-avgustgacha (Qoraqalpog'iston Respublikasida – 4-sentyabrdan – 24-sentyabrgacha);
3-bosqich — loyihalarga ovoz berish – 24-avgustdan – 12-sentyabrgacha (Qoraqalpog'iston Respublikasida – 24-sentyabrdan – 14-oktyabrgacha) davom etadi.