Bojxona toʻlovlarini toʻlamaslik maqsadida turli nayranglarni qoʻllagan holda maishiy texnika tovarlarini yurtimizga yashirincha olib kirishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan 4 ta yuk konteyneri oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.

Natijada, konteynerlarda hujjatlarda koʻrsatilgan gazli suv isitgichlardan tashqari bojxona yuk deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan, umumiy qiymati 1 mlrd. 569 mln. soʻmlik 299 dona suv isitgichlari borligi aniqlandi.