Tumandagi xonadonlarning yarmida chorva boqiladi.
“Doʻstlik” mahallasida 50 dan ortiq odam chorvani yanada koʻpaytirish niyatida, lekin ularga ozuqaga yer berish, kredit olishda yordam berilmayapti. Tumanda hozir tashlandiq yotgan 400 gektar yer boʻlsada, bu yerlar shunday xohishi bor odamlarga berilmagan.
Endilikda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida qoramol, qoʻy va echki olish uchun 33 million soʻm imtiyozli kredit garovsiz, naqd pulda beriladi. Bu orqali tumandagi 1,5 ming xonadonga chorvani koʻpaytirish uchun sharoit yaratiladi.
Qayd etilgan 400 gektarni 800 ta xonadonga boʻlib berish topshirildi.
Tumanda kuniga oʻrtacha 300 tonna sut olinib, aholi tomonidan boshqa tumanlarga borib sotilayapti.
Shu munosabat bilan Xorazm tajribasi asosida “Sintob”, “Paxtaobod”, “Olgʻa bos”, “Doʻstlik” mahallalarida sutni yigʻish shoxobchalarini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, “Olgʻa bos” mahallasida kuniga 3-4 tonna sutni qayta ishlash sexi foydalanishga topshiriladi.