15 ta xalqaro kompaniya yurtimizda yangi QFESlari qurish boʻyicha tenderda ishtirok etmoqchi

    Energetika 30 Noyabr 2021 930

    Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga 3 ta quyosh fotoelektr stansiyalarini (QFES) qurish boʻyicha mustaqil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar (investorlar – ishlab chiqaruvchilar) uchun tenderning birinchi bosqichi (Takliflar soʻrovi – RFQ) boshlanishi haqidagi eʼlonga javoban xalqaro kompaniyalardan 15 ta arizalar kelib tushdi.

    Loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi koʻmagida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

    Loyiha Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgacha boʻlgan uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi.

    Tender jarayoni eng yuqori xalqaro standartlar hamda ochiqlik va oshkoralik talablariga mos keladi. Tenderda ishtirok etishni xohlovchilarning barchasiga bepul kirish uchun ochiq kirishda malaka soʻrovi taqdim etildi.

    Tender komissiyasi tender ishtirokchilaridan takliflarni olgandan soʻng, qabul qilingan takliflarning toʻliqligi va izchilligini baholash uchun yuboriladi, shundan soʻng malakali ishtirokchilarning “qisqa roʻyxati” eʼlon qilinadi, ular keyinchalik tenderning ikkinchi bosqichiga (Takliflar soʻrovi – RFQ) qoʻyiladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.