Joriy yilning 17 oktyabr` kuni Qo'qon shahar voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi yotoqxonasida ikki nafar voyaga etmagan tarbiyalanuvchilar o'zi bilan birga tarbiyalanayotgan voyaga etmagan R.A.ga tan jarohati etkazishi oqibatida vafot etganli bo'yicha 2 nafar xodim IIO xizmatidan bo'shatilganligi haqida xabar bergan edik. 

Ichki ishlar vazirligi tegishli xizmatlari tomonidan o'tkazilgan xizmat tekshiruvi yakunlandi.  Unga ko'ra,  ushbu markaz boshlig'i  egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Shuningdek, xizmat faoliyatida yo'l qo'ygan kamchiliklari uchun 3 nafar xodimga “Hayfsan” intizomiy jazosi tayinlandi. 4 nafar xodimning esa, lavozimiga loyiq yoki noloyiqligini aniqlash maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyadan o'tkazilishi belgilandi,deb xabar bermoqda Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati.