150 oʻringa moʻljallangan Nukus shahrida Ayollar va bolalar shifoxonasini qurilish ishlari boshlandi

    Mamlakatimizda 20 Dekabr 2021 734

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining yigirma toʻrtinchi sessiyasi boshlandi. Sessiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining majlislar zalida ochildi.

    Sessiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumat aʼzolari, sektorlar va soha rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, Joʻqorgʻi Kenges deputatlari ishtirok etmoqda.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2021-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2022-yilgi rejalar toʻgʻrisida Vazirlar Kengashining Raisi Qahramon Sariyevning bayonoti tinglandi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2021-yilning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturiga asosan, jami qiymati 5 trln. 83 mlrd soʻmlik 756 ta loyihalar (shundan dastur doirasida 5 010,5 mlrd soʻm 541 ta loyiha 8 570 ta ish oʻrni va qoʻshimcha rezerv loyihalar 72,9 mlrd soʻmlik 215 ta loyiha ish oʻrinlari 636 ta) ishga tushirilib, ularning evaziga 9 206 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.

    Joriy yilda “Temir daftar”ga kiritilgan 15190 ta oilaga hamda “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 94 ming nafardan ziyod fuqarolarga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatildi, jami 3 ta (Temir, Yoshlar, Ayollar) jamgʻarmaga mahalliy byudjetdan 42,6 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi.

    Shuningdek, Shayx Xalifa bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi tomonidan umumiy qiymati 28 mln. AQSH dollariga teng 150 oʻringa moʻljallangan Nukus shahrida Ayollar va bolalar shifoxonasini qurilish ishlari boshlandi hamda qurilish ishlari yakunlangach, shifoxona oʻrnatilgan tartibda begʻaraz ravishda Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufiga beriladi.

    2020-2021-yillarda jami 3 mlrd. 460 mln. soʻmga teng 27 ta “Damas”, 1 ta “Foton”, 2 ta “Gazel” tez tibbiy yordam avtomashinasi va 1 ta mobil klinika avtomashinasi xarid qilindi.