1500 nafarga yaqin maktab o‘quvchisi jinoyat sodir etgan

    Xavfsizlik 3 Oktabr 2023 802

    2023-yilning 8 oyida respublikamizda 2121 nafar voyaga yetmagan tomonidan 2024 ta jinoyat sodir etilgan.

    Bu haqda O'zA IIV Jamoat xavfsizligi departamentiga tayanib ma'lum qildi.

    Jinoyatlarda 1424 nafar maktab, 291 nafar akademik litsey va kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchisi, 142 nafar ishlamasdan yurgan (maktabni tamomlagan) hamda 264 nafar ishlaydigan voyaga etmagan ishtirok etgan.