Bu haqida viloyat Ekologiya boshqarmasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, ayni paytda viloyatda 11 ta markaziy chiqindi poligoni mavjud boʻlib, ularning atrofiga meva va manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

Koʻchatlarni sugʻorish va parvarishlashga alohida eʼtibor qaratilib, bu ishlar uchun masʼul xodimlar biriktirilmoqda.

Xususan, Payariq tumanidagi markaziy chiqindi poligoni atrofida ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hududdagi yer maydonlari shudgorlaniib, koʻchat ekish uchun tayyor holatga keltirilmoqda.

Taʼkidlanishicha, mazkur ishlar chiqindi poligonlari atrofida ekologik muhitni yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirishga xizmat qiladi.