16-22-sentyabr kunlari yurtimizda Yevropa harakatlanish haftaligi oʻtkaziladi

    Transport 16 Sentabr 2020 1358

    Bu yilgi haftalik velosiped uchun qulay, xavfsiz va barqaror shahar muhiti toʻgʻrisida umumiy tasavvur yaratish uchun hukumat va fuqarolik jamiyati oʻrtasidagi hamkorlik, birgalikdagi saʼy-harakatlar va fikr almashishga qaratilgan.

    Yevropa harakatlanish haftaligi doirasida Toshkent aholisi #ToshkentVeloUchun tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga, har kungi velosiped yoʻnalishida kamida bitta koʻchani sinovdan oʻtkazishga va shu bilan Toshkentning velo-xaritasini yaratishga yordam berish va sovrinlar oʻyinida qatnashishi mumkin.

    Ishtirokchilar velosipedni suratga olishlari, uni Facebookʼdagi Yevropa harakatlanish haftaligi sahifasida joylashtirishlari va koʻchaning nomini qayd etishlari kerak. Shunday qilib, ishtirokchi avtomatik ravishda 23-sentyabr kuni sovrinli yutuqlar tanloviga kiritiladi va uchta shahar velosipedlaridan birini yutib olish imkoniyatiga ega boʻladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati.