16-dekabr kuni yana izgʻirin sovuq qaytadi

    Oʻzgidromet oʻzining 14-16-dekabr kunlari uchun eʼlon qilgan prognozlarida bu xaqida maʼlum qildi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi:

    • Havo biroz bulutli boʻladi, 14-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 15-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 16-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 16-dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.

    Xorazm viloyati:

    • Havo biroz bulutli boʻladi, 14-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 15-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 16-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 15-dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq; 16-dekabrda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

    Buxoro, Navoiy viloyatlari

    • Havo biroz bulutli boʻladi, 14-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 15-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 16-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 15-dekabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 16-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida 14-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 16-dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari:

    • Havo biroz bulutli boʻladi, 14-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 15-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 16-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda baʼzida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 15-dekabrda kechasi 0-5° iliq boʻladi, kunduzi 3° sovuqqacha pasayadi; 16-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

    • Havo biroz bulutli boʻladi, 14-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 15-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 16-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan
    • 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduz 9-14° iliq; 15-dekabrda kechasi 2-7° iliq boʻladi, kunduzi 0-2° sovuqqacha pasayadi; 16-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari

    • Havo biroz bulutli boʻladi, 14-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 15-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 16-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 15-dekabrda kechasi 0-5° iliq boʻladi, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi; 16-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlari

    • Havo biroz bulutli boʻladi, 14-16-dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, 15-16-dekabrda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 15-dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq; 16-dekabrda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq boʻladi.