16-iyul kungi ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

    «Oʻzgidromet» xabariga koʻra, ertaga 16-iyul kuni havo harorati +32…+35 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda +36…+39 darajagacha boʻlib, Toshkent shahri va viloyatida kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, baʼzi joylarda chang-toʻzon koʻtarilishi mumkin.

    Toshkent shahri; havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-13 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 33-35° boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston respublikasi, Xorazm viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi18-23°, kunduzi 33-38° boʻladi.

    Toshkent viloyati; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° boʻladi.

    Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 30-35° boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlari; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.