16 milliard dollar evaziga insonni oyga qoʻndirish mumkin

    Bilasizmi? 22 Sentabr 2020 292

    AQSH Milliy aeronavtika va Fazo Maʼmuriyati boshqarmasi (NASA) astronavtlarning Oyga qaytarilishiga tayyorgarlik koʻrishni davom ettiryapti.

    NASA rahbari Djim Braydenstaynning taʼkidlashicha, Amerikaning Oy dasturining dastlabki bosqichi avval texnik murakkablik tufayli, keyin esa koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgan boʻlsada, insonni Yer yoʻldoshiga tushirish, avval rejalashtirilganidek, 2024-yilda amalga oshiriladi.

    Uning soʻzlariga koʻra, mazkur vazifani amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun kelgusi besh yil ichida 28 milliard dollar kerak boʻladi. Insonni Oyga, uning janubiy qutbiga qoʻndirishga esa 16 milliard dollar kerak boʻladi. Kongress byudjetni yil oxirigacha tasdiqlashi kerak.

    Oy dasturi uch bosqichda amalga oshirilishi kerak. Birinchi bosqichida SLS (Space Launch System) raketasiga oʻrnatilgan Orion kemasini oy atrofida uchuvchisiz uchirib, yana yerga qaytarilishi koʻzda tutilgan. Ikkinchi bosqichda kema bortida inson boʻladi. Insonni oy yuziga tushirish soʻngi bosqichda amalga oshiriladi.

    Hozirgi paytda NASA qoʻndiriladigan apparatlarning uchta loyihasini oʻrganyapti (ulardan biri Blue Origin tomonidan, qolgan ikkitasi SpaceX tomonidan taklif etilgan). Tanlov natijalari 2021-yilda eʼlon qilinadi.

    Braydenstaynning taʼkidlashicha, NASA uchun eng katta xavfni AQSHdagi prezident saylovi bilan bogʻliq siyosiy oʻyinlar tashkil qiladi. Barak Obama oʻz vaqtida milliardlab dollar sarflangan Marsni oʻrganish dasturini bekor qilgandi. Hozir Donald Tramp Oy dasturini faol ilgari suryapti. Lekin uning davomi yangi saylangan prezidentga bogʻliq boʻlib qoladi, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.