16 million so‘mlik chiptalar puli qaytarildi

    Murojaatda qayd etilishicha, shikoyatchilar Kitob tumanida joylashgan aviakassadan Toshkent-Novosibirsk-Xabarovsk yoʻnalishi boʻylab shu yilning 11-may kuni uchish uchun 16 million soʻmga 5 dona aviachipta sotib olgan.

    Ammo pandemiya tufayli mamlakatimizda karantin eʼlon qilingani bois uchish imkoni boʻlmagan. Xaridorlar aviachiptalarni kassaga qaytarib topshirgan boʻlsada, shu kunga qadar chiptaxona maʼmuriyati ularning pulini qaytarmagan.

    Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Denov qishlogʻida yashovchi fuqarolar Zokirshoh Kamolov, Sayfiddin Nazmiddinov, Abduvali Rizayev, Mirzamon Mirzosultonov va Afzalshoh Mirzosultonov tumandagi aviakassa xizmatlaridan norozi boʻlib Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat etgan. Bu haqda federatsiya axborot xizmati xabar bermoqda.

    Murojaatda qayd etilishicha, shikoyatchilar Kitob tumanida joylashgan aviakassadan Toshkent-Novosibirsk-Xabarovsk yoʻnalishi boʻylab shu yilning 11-may kuni uchish uchun 16 million soʻmga 5 dona aviachipta sotib olgan. Ammo pandemiya tufayli mamlakatimizda karantin eʼlon qilingani bois uchish imkoni boʻlmagan. Xaridorlar aviachiptalarni kassaga qaytarib topshirgan boʻlsada, shu kunga qadar chiptaxona maʼmuriyati ularning pulini qaytarmagan.

    Mazkur murojaat federatsiyaning hududiy ijro etuvchi organi xodimlari tomonidan oʻrganilganda, chiptaxona sotuvchilari amaldagi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablarini buzishganini tan oldi. Oʻrganish jarayonida aviachipta uchun toʻlangan 16 million soʻm pul isteʼmolchilarga undirib berildi.