Natijada fuqaroning kiyimi choʻntaklarida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan, jami 16 900 AQSH dollari (bugungi kurs boʻyi 184 545 296 soʻm) naqd xorijiy valyutasini Oʻzbekiston Respublikasidan noqonuniy olib chiqib ketayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deya xabar bermoqda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.

Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-son qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 soʻmga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi. Bunda 70 000 000 soʻm ekvivalentidan ortiq miqdordagi naqd chet el valyutasi uchun yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi toʻldirilishi shart.