Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, bolalarning ota-onalari Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani sababli Oʻzbekistonga deportatsiya qilish uchun Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirgan.
Bolalar esa yaqinlari, mehribonlik uylari va boshqa muassasalarga topshirilgan.
Yurtimiz diplomatlari Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida bolalarni Vatanga qaytishlarini taʼminladi.