16 oktyabr` – Xalqaro oziq-ovqat kuni

    1980 yil 5 dekabr` kuni BMT Bosh Assambleyasining 35-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga (https://undocs.org/ru/A/RES/35/70) muvofiq, har yilning 16 oktyabr` kuni “Xalqaro oziq-ovqat kuni” deb e'lon qilindi.

    1979 yilda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan o'tkazilgan konferentsiyada ushbu kunni nishonlash taklifi ilgari surilgan.

    1980 yil 5 dekabr` kuni BMT Bosh Assambleyasining 35-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, har yilning 16 oktyabr` kuni “Xalqaro oziq-ovqat kuni” deb e'lon qilindi.

    Bosh Assambleya mazkur hujjatda hukumatlar, milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarni ushbu kunni keng miqyosda yuqori darajada nishonlashga chaqiradi.

    FAO ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda 2 milliarddan ortiq odam xavfsiz va sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlanmagan. 2020 yilda pandemiya sababli ochlikda kun kechirayotgan odamlar soni 690 million kishiga etgan.