Ispaniyaning "Malorka" futbol klubi bosh murabbiyi Visente Moreno La Liganing 28-tur doirasidagi "Barselona" bilan o'yin haqida o'z fikrlarini bildirara ekan, Barselonaga qarshi "yangi Messi" yoki "meksikalik Messi" deb ataladigan 16 yoshli Luka Romero maydonga tushishi mumkinligini aytdi.
— Agar La Liga hal qilinsa va hech qanday muammo bo'lmasa, Luka Romero debyut qilishi mumkin. Men unda ulkan iqtidorni ko'ryapman. Lukaning kelajagi bor, — dedi Moreno.
Luka Romero Meksikada tug'ilgan, ammo Argentina fuqaroligini olgan. U Argentina U-17 terma jamoasi safida 1 marta maydonga tushgan.