17-avgust kuni havo harorati biroz pasayadi

    Ertaga respublikamiz boʻylab havo harorati biroz pasayadi. Faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Bu haqda “Oʻzgidromed” xabar berdi.

    Toshkent shahri; havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 32-34° boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 27-32° boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°, baʼzi joylarda 39-40° gacha boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 20-25° boʻladi.