Agentlikning xabariga koʻra, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;
havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, choʻl hududlarida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja gacha sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyati;
havo biroz bulutli boʻladi,baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyati;
havo biroz bulutli boʻladi yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari;
havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.