17-yanvardan boshlab “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida har kuni “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi qatnovi amalga oshiriladi

    “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida har kuni, yaʼni dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba kunlari ham qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

    17-yanvardan boshlab “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida har kuni “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi qatnovi amalga oshiriladi

    Yoʻlovchilarga yanada koʻproq qulaylik yaratish hamda mamlakatimizda ichki turizmni yanada rivojlantirishga keng imkoniyat yaratish maqsadida 2021-yil dekabr oyining soʻnggi kunlarida haftaning juma, shanba, yakshanba kunlari “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdining harakati yoʻlga qoʻyilgan edi.

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan yoʻlovchilarning talablari atroflicha oʻrganib chiqilib, 2022-yil 17-yanvardan boshlab 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdining “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida har kuni, yaʼni dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba kunlari ham qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

    Mazkur zamonaviy poyezd harakat jadvali boʻyicha har kuni 08:30 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan, Buxoro temir yoʻl vokzalidan esa 15:27 da harakatlanadi.

    Transport vazirligi Axborot xizmati