17 yoshli ispaniyalik futbolchi Yevropa chempionati rekordchisiga aylandi

    “Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal o'z nomini Yevropa chempionatlari tarixiga kiritdi.

    Xalqaro turnirning hal qiluvchi bahsida Ispaniya terma jamoasi ketma-ket ikkinchi bor Yevropa chempionati finaliga chiqqan Angliya terma jamoasidan g'alabani tortib oldi. 17 yoshli futbolchi va turnirning asosiy kashfiyoti mazkur o'yinda ham faolligi bilan ajralib turdi.

    O'yinning 47-daqiqasida Yamal o'yindagi to'rtinchi golli uzatmani amalga oshirdi va Yevropa chempionatidagi golli uzatmalar rekordini takrorladi. U o'z nomini Stiven Suber (Shveysariya, Yevro-2020), Aaron Remsi (Uels, Yevro-2016), Eden Azar (Belgiya, Yevro-2016) va Lyubinko Drulovich (Serbiya, Yevro-2000) qatoriga kiritib qo'ydi.

    Lamin, shuningdek, turnir tarixidagi g'olib bo'lgan eng yosh futbolchi (17 yosh-u 1 kun), Yevro tarixidagi eng yosh assistent va eng yosh futbolchi (16 yosh-u 338 kun) bo'ldi. Fransiya terma jamoasiga qarshi yarim finaldagi o'yinda Yamal turnirning uchinchi rekordini o'rnatdi va Yevropa chempionatidagi eng yosh gol muallifiga aylandi (16 yosh-u 362 kun), deb xabar beradi tengrisport.kz.