Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni yana-da rivojlantirish, madaniyat muassasalari tarmogʻini yana-da kengaytirish maqsadida DXSH asosida beriladigan 172 ta davlat mulki obyekti roʻyxati tasdiqlandi.
Belgilanishicha, Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bilan kelishilmasdan quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:
- ularning tizimidagi kinoteatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari, teatrlar, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining koʻchmas mulklarini xususiylashtirish;
- ularning hududidagi yer maydonlarining mahalliy hokimliklar zaxirasiga olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunday obyektlar madaniyat va sanʼat sohasidagi faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga beriladi.
Bunda tashabbuskorlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida xizmat koʻrsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 21.01.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova