19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba'zi joylarda kuchli yomg'ir yog'adi;

19-20 aprelda esa Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba'zi joylarda kuchli yomg'ir yog'adi;

20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba'zi joylarda kuchli yomg'ir yog'adi;

19-20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do'l yog'ishi mumkin.

18-20 aprelda respublika bo'yicha ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18 aprelda ba'zi joylarda chang to'zon bo'lishi kuzatiladi.

19-20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23 gradusgacha pasayadi. Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.