18 nafar oʻqituvchi “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

    “Onlayn maktab” ruknidagi televizion darslarni tasvirga olishda faol qatnashgan 18 nafar oʻqituvchi va xodimlar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

    Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev oʻqituvchilarni taqdirlab, “onlayn maktab” ruknidagi televizion darslar tasvirga olishga jalb qilingan barcha oʻqituvchilar, surdo-tarjimonlar, muharrirlar va televideniya xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

    Xalq taʼlimi tizimida masofaviy taʼlim jarayonini amaliyotga keng joriy etish, oʻquv-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion shakl va usullaridan samarali foydalanish hamda taʼlim sifatini oshirishga koʻmaklashish maqsadida “online maktab” ruknidagi televizion darslar tasvirga olinmoqda.

    Televizion darslarni tasvirga olishda 100 dan ortiq malakali, tajribali fan oʻqituvchilari, muharrirlar, surdo-tarjimonlar jalb qilingan.

    “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati:

    1.Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi — Azizova Dildora Abdullayevna.

    2. Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 168-sonli umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi — Nurullayeva Lilya Shakirovna.

    3. Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 228-sonli umumtaʼlim maktabining oʻzbek tili fani oʻqituvchisi — Shavkatova Gulnoza Anvarovna.

    4. Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 300-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi — Turapova Nigora Musayevna.

    5. Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 17-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi — Tadjiyeva Sayyora Shamsutdinovna.

    6. Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 231-sonli umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi — Mahmudova Nargiza Esirgapovna.

    7. Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 97-sonli umumtaʼlim maktabining Rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi — Sadikova Dildor Abdullayevna.

    8. Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 169-sonli umumtaʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi — Pyatin Nikolay Gennadiyevich.

    9. Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 114-sonli umumtaʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi — Rashidova Sanobar Zokirovna.

    10. Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 112-sonli umumtaʼlim maktabining fransuz tili fani oʻqituvchisi — Sheraliyev Ilhom Ibroxim oʻgʻli.

    11. Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 151-sonli umumtaʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi — Triandafilidi Anastasiya Sergeyevna.

    12. Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi — Ishanova Barno Bahodirovna.

    13. Toshkent shahar Ichki ishlar vazirligi huzuridagi maktab- interantining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi — Tolipova Oltinoy Yandashevna.

    14. Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 24-sonli umumtaʼlim maktabining Rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi — Kim Emma Vladimirovna.

    15. Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 17-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi — Abdukarimov Dilshod Isaqovich.

    16. Abdulla Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy tadqiqot institutining Axborot resurs markazi rahbari — Djumaniyozova Muyassar Mamatsheripovna.

    17. Respublika taʼlim markazi metodisti — Soatova Guljahon Muhammatovna.

    18. Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Profilli mehnat taʼlimiga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi — Qodirova Muharram Yusupaliyevna.