18-oktyabr – Samarqand shahar kuni!

    Mamlakatimizda 18 Oktabr 2020 5989

    Bugun samarqandliklar shahar kunini nishonlayapti.

    1996-yil 18-oktyabrda sohibqiron Amir Temurning 660-yillik yubileyida Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va 18-oktyabr Samarqand shahar kuni deb belgilangan edi. Shundan buyon mana chorak asrdirki ushbu kun viloyatda keng nishonlanib kelinadi.

    Olamga yuz tutgan, kelajakka boʻy choʻzgan Samarqand bugun ham bayram ogʻushida. Erta tongdan karnay-surnay sadolari barchani bayramga chorlamoqda, deb xabar beradi Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati.

    Shuningdek, xabarda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovnin samarqandliklarga bayram tabrigi eʼlon qilindi.