Joriy yilning 7-iyul kuni soat 20:15 da qoʻriqlash xizmati xodimlari “Jomboy don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati omboridan chiqib ketayotgan “KAMAZ” rusumli avtomashinani tekshirish chogʻida 18 ming 400 kilogramm ortiqcha yuk borligini aniqlagan, shuningdek, “Baxtiyor trans” MCHJga qarashli “KAMAZ” haydovchisida tegishli hujjatlar boʻlmagan.

Shundan soʻng, Samarqand viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi rahbariyatiga korxona omboridan 18 tonnadan ortiq mahsulotni noqonuniy ravishda olib chiqishga urinish haqida xabar beriladi. Mazkur holat yuzasidan Jomboy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.