Xabarga koʼra, ehtiyotsizlik oqibatida tan jarohati olgan qiz tuman tibbiyot birlashmasining qabul boʼlimiga olib kelingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning oʼzida Rishton tumani IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan va N.O.ning olgan tan jarohati boʼyicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hodisa sabablarini aniqlash, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan yoki qilinmaganligini aniqlash yuzasidan Bandlik boshqarmasiga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.

Hozirgi kunda voyaga yetmagan N.O Bagʼdod tuman tibbiyot birlashmasida shifokorlarning nazoratida davolanmoqda va ahvoli yaxshilanyapti.

Holat yuzasidan Rishton tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʼtamiz, avvalroq Buxorodagi parkda er-xotin va ularning farzandi oʼtirgan attraktsion uzilib ketgandi.

Keyinroq ushbu attraktsionning ruxsatnomasi yoʼq boʼlgani va hatto xavfsizlik sinovidan oʼtmagani aniqlandi.