180 million so'mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo'yildi

    Xavfsizlik 14 Oktabr 2020 860

    Bojxona organlari tomonidan maishiy texnika vositalarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo'lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

    Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari va boshqa huquqni muxofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda tovar moddiy boyliklarining yashirin aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o'tkazildi.
    Tadbir davomida, fuqaro A.T. boshqaruvidagi “Mercedes benz” rusumli avtotransport vositasi to'xtatilib, o'rnatilgan tartibda ko'zdan kechirildi.

    Natijada, avtomashina yukxonasida hech qanday hujjatlari bo'lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, maxsus identifikatsion belgili markirovkalar bilan markalanmagan umumiy qiymati 180 million so'mlik 120 dona televizor tovarlari borligi aniqlandi.

    Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.