19-avgust — Xalqaro insonparvarlik yordami kuni

    Voqea-hodisalar 19 Avgust 2020 1870

    BMT Bosh Assambleyasining 2008-yil 11-dekabrdagi 63-sessiyasida qabul qilingan A/RES/63/139 sonli rezolyutsiyasiga asosan 19-avgust Xalqaro insonparvarlik yordami kuni (World Humanitarian Day) deb eʼlon qilingan.

    2003-yil 19-avgust kuni BMTning Bagʻdod shahridagi vakolatxonasida yuz bergan terrorchilik harakati natijasida 22 nafar inson hayotdan koʻz yumgan, ular orasida tashkilotning taniqli vakili Serjiu Viyeyra di Mellu ham bor edi.

    Ushbu kunda oʻz insonparvarlik burchini bajarish yoʻlida jonini fido qilganlar, millionlab insonlarga insonparvarlik yordami koʻrsatayotganlar eʼtirof etiladi.

    Shuningdek, kun dunyo boʻylab insonparvarlik yordamiga doimiy ehtiyoj borligini va bu borada xalqaro hamkorlik qilish muhimligini eslatib turadi.