doimiy daromad keltiradigan ish oʻrinlarini yaratish zarur - dedi davlat rahbari.

Oʻtgan yili 16 ta tuman va shaharda doimiy ish oʻrinlarini yaratish rejasi 70 foizga ham bajarilmagani koʻrsatib oʻtildi. Bandlik idoralari esa ish soʻrab kelgan odamlarga osongina nafaqa tayinlashga oʻtib olgani tanqid qilindi.

Shuningdek, respublikadagi 319 ta mahalladagi hokim yordamchilari aholini biznesga jalb qilish, bandlikni oshirish, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha natija koʻrsata olmagani qayd etildi.

Jumladan, Sh.Rashidov, Pastdargʻom, Angor tumanlari, Andijon va Termiz shaharlaridagi 123 ta hokim yordamchisining aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlari qoniqarsiz.

Ushbu hokim yordamchilarini toʻliq yangilash va tajribali hokim yordamchilarini biriktirish vazifasi qoʻyildi.