Erkak 1914-yilda tug'ilgan. Uning yoshligi Buyuk Depressiya davriga to'g'ri keldi, lekin fermada ishlagani uchun yaxshi ovqatlangan va ko'p sut ichgan. erkak o'zining uzoq umr ko'rishini sut bilan bog'liq deb hisoblaydi.
Amerikalik otaxon uzoq umr ko'rishining yana bir sababi sifatida faol hayot tarzini ko'rsatdi. Uning so'zlariga ko'ra, u hech qachon sport bilan shug'ullanmagan, lekin ko'p ishlagan.
Erkak 60 yildan ortiq vaqt davomida avtomexanik bo'lib ishlagan va 80 yoshida nafaqaga chiqqan, shuningdek, Litl-Folsning yong'in bo'limida ko'ngilli bo'lib 80 yil xizmat qilgan. U hali ham mashina haydab, o'ziga qaraydi, yaqinlari esa haftada bir marta uni yo'qlab turishadi. Vinsent Dransfildning bir o'g'li, uch nabirasi va yetti evarasi bor, deb xabar beradi mir24.tv.