197 nafar fuqaro Amurga ishlash uchun joʻnab ketdi

    Ijtimoiy hayot 19 Mart 2021 665

    Bugun 197 nafar yurtdoshimiz Rossiya Federatsiyasining Amur viloyatida ishlash uchun Novosibirskka joʻnab ketdi.

    Yurtdoshlarimizni xorijda bandligini taʼminlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan koʻplab salohiyatli ish beruvchi kompaniyalar va vakolatli tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

    Ushbu muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq chet elda ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimiz qurilish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning turli sohalariga ishga jalb etilmoqda.

    Ana shunday saʼy-harakatlar natijasida Rossiya Federatsiyasining Amur viloyatidagi “PSP” MCHJda ishlash uchun esa 197 nafar fuqaro Toshkent — Novosibirsk yoʻnalishi boʻyicha joʻnab ketdi.

    Fuqarolarga odam savdosi bilan bogʻliq jinoyat qurboni boʻlib qolishning oldini olish maqsadida tushuntirish berilib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.