Xalqaro tadqiqotchilar jamoasi Yerning aylanish o'qi 1993 va 2010-yillar oralig'ida taxminan 78,48 santimetrga siljiganini aniqladi. Bu qisman sug'orish va ichimlik suvi uchun er osti suvlarini olish bilan bog'liq. Tadqiqot Geophysical Research Letters jurnalida chop etilgan.
Iqlim modeli hisob-kitoblariga ko'ra, bu davrda (1993 – 2010) yer osti suvlarining umumiy kamayishi 2150 gigatonnaga yetdi. Bu dengiz sathining 6,24 millimetrga ko'tarilishiga teng.
Tadqiqotning bosh muallifi, Seul milliy universitetining geofizigi So Ki Von yer osti suvlarining qayta taqsimlanishi hozirda boshqa iqlim omillariga nisbatan qutb siljishiga eng katta ta'sir ko'rsatayotganini tushuntirdi.
So Yerning aylanish qutblaridagi o'zgarishlarni kuzatish orqali suv zaxiralarining qit'a miqyosida qanday o'zgarishini tushunish mumkinligini tushuntirdi. Ushbu ma'lumotlardan foydalangan holda ekologlar va suv resurslari menejerlari dengiz sathining ko'tarilishini va boshqa iqlim ta'sirlarini cheklash choralarini ishlab chiqishlari mumkin, deb xabar berdi naked-science.ru.