"O'zgidromet"ning xabar berishicha, joriy yilning 2-5 avgust kunlari kutilayotgan yomg'ir  sababli, respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida, jumladan:  

— Qashqadaryo viloyati: Yakkabog', Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G'uzor tumanlarida;

 — Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho'rchi, Qumqo'rg'on, Muzrobod tumanlarida;

— Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung'ur, Nurobod, Qo'shrabot, Kattaqo'rg'on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

— Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G'allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

— Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent, O'rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

— Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo'rg'on tumanlarida;

— Farg'ona viloyati: So'x, Shohimardon, Farg'ona, Beshariq tumanlarida;

— Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo'rg'ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo'jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.