Qonunga muvofiq, Davlat gerbi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.
Oʻzbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.
Jinoyat kodeksiga asosan, Davlat gerbiga hurmatsizlik qilish BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming soʻm) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.