Tadbir davomida poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1998-yilda tugʻilgan S.N. ikki nafar fuqaroni Tailand davlatiga fohishalik bilan shugʻullanish maqsadida yuborayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida qoʻlga olindi.
Shuningdek, ushbu jinoiy harakat Tailand davlatida boʻlib turgan, 2005-yilda tugʻilgan F.A. tomonidan tashkil etilgani aniqlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b”, “g”, “e”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








