Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda 263,9 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,5 % ga oshgan.
2023-yilning yanvar-fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
Avtomobil benzini – 263,9 ming tonna
Koʻmir – 682 ming tonna
Neft – 127,3 ming tonna
Gaz kondensati – 209,5 ming tonna
Avtobus – 114 dona
Yuk avtomobillari – 350 dona
Avtomobil dvigatellari – 21,4 ming dona
Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 23 949 dona