2-“Shaldiramoq” mahallasidagi hasharda Qoʻqon shahar hokimi ham qatnashdi

    Ijtimoiy hayot 1 Mart 2021 1077

    Qoʻqon shahar hokimi Marufjon Usmonov 2-“Shaldiramoq” mahallasida obodonchilik hasharida qatnashib, nochor xonadonga yordam berdi.

    Bahmalbop koʻchasi, 57 xonadonda istiqomat qiladigan Soliyevlar uyida oʻtkazilgan oʻrganish natijasida bir uy bir dahliz va oshxona qurilishi boshlab yuborilganligi aytilmoqda.

    Marufjon Usmonov mahallani obodonlashtirish ishlarida ishtirok etib uylarning devorlarini, daraxtlarni oqlagan.Ishsiz oila aʼzolari ishga joylashtirilib, doimiy daromad manbai bilan taʼminlandi. Oilaning katta oʻgʻli Hasanjon Soliyevning toʻy marosimini homiylik asosida oʻtkazishga kelishib olindi va toʻyga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.