O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 2 yanvar kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 9-11 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo'ladi.    

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo'ladi.    

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-11 daraja iliq bo'ladi.    

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi.    

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo'ladi.    

Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Toshkent va Namangan viloyatining tog'li tumanlarida sel kelishi xavfi bor. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo'ladi.  

Muhim hodisalar  

1-2 yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatining tog'li tumanlarida sel kelishi  xavfi bor.