20 daqiqa ichida davlat roʻyxatidan oʻtdim

    Ijtimoiy hayot 14 Sentabr 2021 2003

    Men 20 daqiqa ichida davlat roʻyxatidan oʻtdim. Bundan juda ham mamnunman.

    Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmoni ijrosi yuzasidan Kosonsoy tumanida Farmatsevtika (dori vositalarini) ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish uchun Pokiston Respublikasi fuqarosi Ahmad Rizvon taʼsischiligida “Citi Pharma Namangan” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

    Men Oʻzbekistonda oʻz faoliyatimni boshlashimga sababchi boʻlgan muhim omillardan biri yurtingizda biz investorlarga yaratilgan sharoit va qulayliklar boʻldi. Toʻgʻrisi barcha sohalar qatori aholi va tadbirkorlarga tez va sifatli xizmat koʻrsatadigan tizim yoʻlga qoʻyilganidan juda mamnunman. Avvallari bir korxona ochish uchun koʻplab idoralardan ruxsat olishga toʻgʻri kelardi. Oʻzbekistonda ish boshlamoqchi boʻlgan investorlar roʻyxatdan oʻtishning oʻziga bir necha kunlab, oylab vaqt sarf etilgan. Mana hozir barchasi oddiy aytilgan hujjatlar taqdim etiladi va oradan koʻp vaqt oʻtmay davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Bunday qulayliklar uchun oʻz tashakkurimni aytaman. Hozirda 3 million dollar investitsiya kiritgan boʻlsak, kelgusida yanada koʻproq mablagʻ kiritib, mahalliy aholini ish bilan taʼminlashni oʻz oldimizga maqsad qilganmiz deydi Pokiston fuqarosi Ahmad Rizvon.

    Maʼlumot oʻrnida Kosonsoy tumanida 11 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar oʻz faoliyatini olib boryapti, deb xabar beradi DXA matbuot xizmati.