Ayniqsa, chet el fuqarolari ishtirokidagi korxonalar faoliyat boshlashi yangidan-yangi ish oʻrinlarini yaratilishiga bosh omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Jumladan, Pop tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan roʻyhatdan oʻtkazilgan “SHOXMOR TEX” maʻsuliyati cheklangan jamiyati tumaning “Chigʻanoq” mahalla fuqarolar yigʻini hududida tikuvchilik tsexini tashkil etmoqda.
Turkiya Respublikasi fuqarosi Aziz Kayani taʻkinlashicha, korxona toʻliq quvvat bilan ishlash natijasida poplik xotin-qizlarning 100 nafari ish bilan taʻminlanadi. Jahon standartlari asosida tayyorlanadigan mahsulotlarning bir qismi ichki bozorga qolgani esa chet davlatga eksport qilish maqsad qilingan.